Davlat tili “yumshoq kuch” quroli sifatida

Mualliflar

  • S. Salixova JIDU TALABASI ##default.groups.name.author##

DOI:

https://doi.org/10.67895/brr10478

Kalit so‘zlar:

davlat tili, diplomatik xizmat, xalqaro munosabatlar, kasbiy til tayyorgarligi, BRM, o‘zbek tilini rivojlantirish konsepsiyasi, yumshoq kuch, interfaol topshiriqlar

Abstrak

Maqolada diplomatiya faoliyati va xalqaro munosabatlar sohasiga oid yo‘nalishlarda rus tilida ta’lim olayotgan talabalarga davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘qitishning dolzarb muammolari ko‘rib chiqiladi, til siyosatining huquqiy asoslari, jumladan, 2030–yilgacha o‘zbek tilini rivojlantirish konsepsiyasi tahlil qilinadi, til o‘rgatishning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), xususan, BRM 4 (sifatli ta’lim) va BRM 16 (tinchlik, adolat va kuchli institutlar) bilan bog‘liqligi asoslanadi. Alohida e’tibor o‘zbek tilining xalqaro maydonda “yumshoq kuch” (soft power) quroli sifatidagi mavqeyiga va talabalarda milliy til hamda madaniyatni targ‘ib qilish ko‘nikmalarini shakllantirish zaruriyatiga qaratiladi. Yumshoq kuch kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar tizimi, jumladan, konsepsiyani nazariy anglash, madaniyatni taqdim etish, madaniyatlararo moslashuv, raqamli vositalardan foydalanish va kompleks loyihalarni o‘z ichiga olgan tizim taklif etiladi.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-09-01