Talabalar tarjima faoliyatini kuzatish va tahlil qilish metodlari
DOI:
https://doi.org/10.67895/55g5k402Ключевые слова:
tarjima jarayoni, tarjima kompetensiyasi, kognitiv yondashuv, think–aloud, xatolar tahlili, tarjima strategiyalari, pedagogik monitoringАннотация
Mazkur maqolada tarjima ta’limi jarayonida talabalarning tarjima faoliyatini kuzatish, tahlil qilish va baholashning zamonaviy metodlari kompleks tarzda yoritiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi talabalar tomonidan qo‘llaniladigan tarjima strategiyalari, kognitiv jarayonlar, qaror qabul qilish mexanizmlari hamda yuzaga keladigan muammolarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotda kuzatish metodi, think–aloud protokoli, qiyosiy tahlil, xatolar tahlili, eksperimental yondashuv hamda so‘rovnoma va intervyu metodlari qo‘llanildi. Olingan natijalar talabalarning tarjima kompetensiyasini shakllantirishda tizimli monitoring va reflektiv tahlilning muhimligini ko‘rsatdi. Shuningdek, kognitiv va korpus lingvistikasiga asoslangan yondashuvlarni joriy etish tarjima sifatini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi.