Chet tillarni o‘qitishda neyro-lingvistikaning roli va ahamiyati
DOI:
https://doi.org/10.67895/m0ka2208Ключевые слова:
neyrolingvistika, psixolingvistika, multilingvizm, miya po‘stlog‘i, Vernike zonasi, Broka zonasi, shartli refleks, engramma, rapport, til o‘qitish metodikasiАннотация
Ushbu maqolada global integratsiya va mehnat bozorida multilingvizmga bo‘lgan talab ortgan sharoitda chet tillarini o‘qitishda neyrolingvistika va psixolingvistika yutuqlaridan foydalanishning roli hamda ahamiyati tadqiq etilgan. An’anaviy til o‘rgatish metodlarining samarasizligi tahlil qilinib, inson miyasi faoliyati prinsiplariga tayanuvchi innovatsion texnikalar (rapport, tana tili, idrok etish pozitsiyalari) amaliy misollar yordamida yoritilgan. Shuningdek, maqolada super-tezkor til o‘rganish jarayonining neyrobiologik asoslari — bosh miya po‘stlog‘idagi Vernike va Broka zonalari o‘rtasidagi funksional aloqalar hamda nutqning shartli refleks sifatida shakllanish mexanizmi A.R. Luriya va V.M. Krol ilmiy ta’limotlari asosida tahlil qilingan. Muallif nofilologik oliy ta’lim muassasalarida chet tili darslari soatlarini optimallashtirish va o‘qitish samaradorligini o‘n baravargacha oshirish uchun neyropedagogik yondashuvlarni ta’lim tizimiga tatbiq etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari suradi.