ABU ALI IBN SINO RISOLALARIDA MUMTOZ POETIKA MASALALARI
DOI:
https://doi.org/10.67895/ceeqe939Anahtar Kelimeler:
risola- ruh- tasavvuf- ishq- Arastu- poetika- FarobiyÖz
Maqolada risola janri haqida qisqacha ma’lumot hamda Abu Ali ibn Sinoning adabiyotshunoslikka oid bir qancha risolalari, jumladan, “Yorugʻlanish”, “Ishq risolasi” hamda “She’r san’ati” asarlari haqida soʻz boradi.
Abu Ali ibn Sinoning “Yorugʻlanish” asari arab tilida yozilgan boʻlib, XII asrda forschaga, soʻng gʻarb tillariga tarjima qilingan. Asosiy matn qoʻlyozmalari Angliyada Badlean kutubxonasida, Toshkent va Dushanbe Sharq qoʻlyozmalari xazinasida saqlanmoqda. Bu risolani akademik Ziyo Bunyodovning shogirdi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tadqiqotchisi Sevinch Bagirova arab tilidan rus tiliga tarjima qilgan. Shuningdek, ushbu asarni fors-tojik tilidan rus tiliga sharqshunos M.Komilov tarjima qilgan boʻlib, shu tarjima asosida risola tahlil qilingan. “Yorugʻ- lanish (“Azhaviya”) deb atalgan ushbu risola shayx ur-rais Abu Ali ibn Sino tomonidan Abu Bakr ibn Muhammadga atab yozilgan.
“Ishq risolasi” asarida tabiatdagi barcha mavjudotlarning oziqlanish, oʻsish, harakatlanish, intilish va xavf-xatardan saqlanish, jon, nafs, ruh quvvatlari asosida hayotga muhabbat, nurga – yorugʻlikka, goʻzalikka, zaminga mehr, oʻz umrini avlodlari orqali abadiy davom ettirishga, vayronalikka emas, balki oʻsishga, gullab-yashnashga intilish qonuniyati amal qilishini teran falsafiy mushohadalar bilan dalillab beradi.
Ibn Sinoning “Kitob ush-she’r” risolasi Aristotelning “Poetika”si asosida yaratilgan ajoyib asar boʻlib, oʻz davri adabiyotshunosligini qamrab olgan qimmatbaho manbadir. Olim bu kitobi orqali, avvalo, islom tarqagan oʻlkalarda qadimgi yunon adabiyotini targʻib qilgan va shu munosabat bilan oʻzida paydo boʻlgan adabiy oʻy va mulohazalarini oʻrtaga tashlagan boʻlsa, qolaversa, adabiyotshunoslik borasida to ungacha kam asar yaratilgan bir sohani oʻz kitobi bilan baholi qudrat boyitmoqchi boʻlgan.
Referanslar
Abu Ali ibn Sino, 2017. Yoruglanish // Jahon adabiyoti. – №1. – B 73–94.
Abu Nasr Farobiy, 1979. She’r san’ati. – Toshkent. – 68 b.
Arastu, 2004. Poetika (Poeziya san’ati haqida). Axloqi kabir. – Toshkent: Yangi asr avlodi. – B.23-24.
Абу Али ибн Сино, 2014. Ишқ ҳақида рисола / М.Маҳмуд, З.Баҳриддинов тарж. // Шарқ юлдузи. – 2-сон. – 18 b.
Irisov A., 1980. Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodi. – Toshkent: Fan. – 160 b.
Ибн Сино и средневековая философия, 1981. – Душанбе: Дониш,– С.16.
Серебряков Б. Трактат Ибн Сины (Авиценны) O любви. – Тбилиси, 1972. – C.42.